У нас есть только
оригинальные песни

Kinoda rol ijro etish nega PULlik? Mablag’ evaziga sahnaga ko’tarilish to’g’rimiKIN…

calendar 28.06.2014
4613
San’at ham pulga aylanib borishining EVOLUTSIYA jarayoni juda tezlik bilan davom etmoqda…

San’at ekologiyasining juda tez VIRUSlarga va VIRUS ODAMLARga to’lib borishida va buni ba’zilarning hohishiga ko’ra bo’layotgani juda ham achinishga arziydigan holat…
Aynan bu holat kinofilmlarimizda yaqqol ko’zga tashlanmoqda…
Endigina xalqga o’z filmlari orqali tanilib borayotgan rejissyorlardan biri o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadi:…

Kamina: Ba'zi rejissorlar bor...aktyorladan pul olib o'ynatadi, lekin har yili san'at institutidandan kamida 40 ta aktyor bitirib chiqadi, mayli ularni 10 tasini rolga tayyor db hisoblili, wulani kim yuqoriga olib chiqadi, vaholanki ularni talanti ham bor...lekin pul va homiy yo'q, o'zi aslida pul va homiy hukmronlik qilishii kerakmas...bunga rejissorlar ham aybdor bo'lib qolishyapti nazarimda, bu haqida bir maqola yozish niyatida edim…siz bu holatga qanday izoh berasiz aniq bilmaymanu sizni ham shunday deb atashgandi...yana bilmadim...bu shunchaki mish-mishmi yo haqiqatmi shuni bilmoqchiman, agar sir bo'lmasa…
Rejissyor: Albatta bu sir emas, mana shu mavzuda ko’p kino muhlislari, va xavaskor aktorlar bizaga shu savolni berishadi, sa’nat insitutidan bitirib chiqvotgan aktorlarga kelsak, ular oliygohni tamomlashadi, lekin bir narsani bilishmidi, sanat instututida o’qiding o’zini soxang ustida xarakat qil kurash, o'ylagan maqsading yo’lida shu soxang ustida tinim bilmay harakat qil, albatta erishasan, san’at oliygohini bitirgan aktyorlar yonimizga kelishadi kichikroq rol bersek, man kichkina rol(epizodda) o’ynamayman deb rad qilishadi, aktyor hech qachon rol tanlash kerak emas, chunki rolni katta kichigi yo’q, bu san’at insitutini bitirgan bola bunday javob etmasligi kerak xammasi kichkina roldan boshlanadi…
Kamina: Hm, to'g'ri lekin hammasi ham emas menimcha...?
Rejissyor: Endi pul so’rash kinoga pul bilan chiqish masalasida, kastingga ko’p qizlar yigitlar maqtanib kelishadi, meni aktyorlik maxoratim bor deb, video probaga kelishadi, sinab ko’ramiz o’sha maqtanib kelganlarni hich qaysisi probadan o'tolmaydi, shulardan iltimos qilaman maqtancholik qilishmasin ularga maslahatim, san’at nimaligini, san’atni mashaqqatini bitta kinoni ortida qancha mehnat borligini oldin o’rganishsin, shu maqtanganlarni ichida, birortasini rolga olsak, syomka jarayonida roldagi holatga kirolmay rejissyorlarni qiynab yuboradi, ZADACHA olishni bilishmaydi, ularni hayoli faqat mashxur bo’lishda va do'stlariga men kinoda o'ynayapman deb maqtanishda, syomkani har bir kuniga, PALON pul rasxod ketadi, syomka ishlari tugagach, montaj jarayonida, montaj ustasi tajribasiz aktyorlarni montaj qilib qiynalib ketadi, keyin esa dublyaj jarayonida, o’sha odamga ovoz beradigan aktyorlarni biz pulga chaqirib ovoz berdiramiz, bizning kinoda rol o’ynamoqchi bo’lganlardan pul so’raganimiz mana shu – o’zini rasxodi uchun, syomka rasxodi uchun pul so’raymiz, biz ular uchun yonimizdan pul bera olmaymiz-ku, agar aktyorlik mahorati, talantli, kuchli, bo’lsa biz talantli odamdan hech qachon pul so’ramaymiz, aksincha, ular bilan ishlab mazza qilamiz, xalqimiz orasidan talantli aktyorlar kelishini kutib qolamiz, ularga maslaxatim, tayyorlanib maqtanmasdan kelishsin…

Iste’doding bo’lsa, nega pul beryapsan a, AKTYOR? Degim keladi juda KO'PCHILIKKA...

Endi rejissyorlarga: sizlar ham HA deb aktyorlarni xarajati deya o’zingizni oqlashni bas qiling…Ham aktyorlardan olasiz, ham sponsordan olasiz, ham kino namoyishidan tomoshabinlardan foyda…Nimaga sizlar san’atni CHORSU BOZORGA aylantirib yuboryapsizlar…Bu hamma rejissyorlarga ham emas AYRIMlariga tegishli…
Balki iste’dodli aktyorlardan ham BEZRAYIB bahonalar bilan PUL qaysidur ma’noda SAXNA SOLIG’I undirayotganlar uchun…
Endi sizlar ham tanqid toshlaridan to’g’ri hulosa chiqaring, har holda ijodkormisiz, o’zingizga o’xshab ijod qilib, iste’dodi va intilishi bor yoshlarni qo’llab-quvvatlang…Faqat SOLIQ evaziga emas…ularni o’z ukangizdek va yaqiningiz kabi ko’rib qo’llab-quvvatlasangiz, bir insonni orzu-umidlarini ARMONga aylantirmay…naqadar baxtli qilasiz va xalq ham sizdan hursand bo’ladi, yana bir iste’dodni KATTA SAXNAga olib chiqganingiz uchun…
Yiliga San’at va Madaniyat institutini tahminan kamida 30 aktyor, 30 rejissyor va juda ko’plab boshqa bir qator ijodkorlar yetishib chiqishadi… Buni mendan ko’ra sizlar yaxshiroq bilasizlar hurmatli rejissyorlar…! Bilaman barchasini ham iste’dodli deb bo’lmaydi, besh barmoq bir hil bo’lmagani kabi…

Bundan tashqari ushbu maqolada ba’zi fikr bildirgan aktyor va rejissyorlar muhlislar fikrini bilishni va ularni bunga munosabati bilan qiziqishdi. Shu bilan birgalikda ayni paytda o’zbekkino olamida qanday yangiliklar bo’lishini istashingizni va qanday takliflaringiz bo’lsa izohlarda bildirishingiz mumkin…Balki yaxshiROQ takliflar bo’lsa taqdirlashar A… Balki taqdirlarmiz ham…Agar shaxsan Shonaga yoqsade…Yana bilmadim)))
Yosh ijodkor – Bahodir Xikmatov
Alohida minnatdorchilik – RuxShona Mirahmedova
UcHuN…))
Яндекс.Метрика