У нас есть только
оригинальные песни

Kinomi bu yoki klip?

calendar 11.07.2014
7885

Kinomi bu yoki klip 

Instagram ijtimoiy tarmog’ida bir haftadan buyon qo’yiladigan rasmlarga e’tibor qaratsak, so’ngi kunlarda ELDIDO guruhi solistlari, Diyorbek Mahkamov, Shahzoda Muhamedova va boshqa bir qator ijodkorlarning shaxsiy sahifalarida suratga olish maydonchasidan qiziqarli fotosuratlar qo’yila boshlandi. Saytimizga murojaat qilgan muhlislaridan biri bu syomka jarayoni "Diyorbek Mahkamovning yangi videoklipi va unda ELDIDO guruhi vakillari hamda Shahzoda Muhamedova va Nargiza Salmonova suratga tushgan” degan taxmin bilan murojaat qilgan bo’lsa, ikkinchisi "bu kino" deya o’z fikrlarini bildirib o’tdi hamda bu haqiqatdan ham klipmi yoki biror bir yangi kinomi degan savolga aniqlik kiritishimizni so’rab qolishdi. Biz saytimiz jamoasi bilan bu ikkala taxminga  tez kunda oydinlik kiritib, sizga batafsil  bayon etamiz. Xo’sh, sizning fikringiz qanday? Siz nima deb o'ylaysiz? Bu kinomi yoki klip? 

Яндекс.Метрика