У нас есть только
оригинальные песни

Kitob tumanida yangi madaniyat va aholi dam olish markazi ochildi

calendar 18.01.2016
2422

16 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tuman markaziy madaniyat va aholi dam olish markazining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Madaniyat va aholi dam olish markazining tantanali ochilish marosimini O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Axmedov tabrik so'zi bilan boshlab berdi.

Shuningdek, tadbirda O'zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Maxsudov, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi rahbari o'rinbosari Q.Amanqulov, Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari G'.Djavliev, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Sayimov, Kitob tumani hokimi U.Xudoyqulov qatnashdi.

Markazni ta'mirlash hamda jihozlash ishlari uchun mahalliy byudjet mablag'laridan 585,0 mln. so'm ajratilib, "Kitob IKT” MChJ tomonidan ta'mirlandi.

Markazning rasmiy ochilishidan keyin, barcha yig'ilganlar markaz faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Hozirda ushbu Markazda yoshlarni madaniyat va sport sohasiga qiziqtirish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida rubob, doira, dutor, kurash, shaxmat-shashka, karate 12 ta to'garak faoliyat olib bormoqda. 80 nafardan ziyod yoshlar o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlari bo'yicha to'garaklarga doimiy ravishda ishtirok etmoqdalar.

Яндекс.Метрика