У нас есть только
оригинальные песни

Kiyev «LXR»ga suv yetkazib berishni to'xtatdi

calendar 15.06.2018
729

Kiyev kuchishlatar tuzilmalar nazoratida bo'lgan Petrovsk nasos stansiyasi va G'arbiy filtrlovchi stansiyadan «Lugansk xalq respublikasi» («LXR») hududiga sud yetkazib berishni to'xtatdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«O'n beshinchi iyun kuni, soat taxminan 4:00da Ukraina hududidan suv yetkazib berish to'xtatildi. «Popasnyan tuman vodokanali»dan suv yetkazib berishga nima sabab bo'lgani haqida xat olingan - nasos stansiyalarida elektr energiyasi yo'qligi tufayli», - deya xabar berishgan «Luganskvoda» DUK matbuot xizmatidan.

Korxona ma`lumotlariga ko'ra, Petrovsk nasos stansiyasining elektr energiyasidan uzilib qolishiga gidravlik zarba sabab bo'lgan. Buning oqibatida D-900 magistral suv o'tkazgich zarar ko'rdi.

«Suv o'tkazgich zarar ko'rgani tufayli Lugansk shahriga suv yetkazib berish 20 foizga cheklanadi hamda iste`molchilarning suv ta`minoti o'zgartiriladi», - deya qo'shimcha qilib o'tishgan «Luganskvoda» DUKdan.

Яндекс.Метрика