У нас есть только
оригинальные песни

Kiyevda keksa ayol o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lib 9-qavatdan sakradi, biroq omon qoldi

calendar 10.11.2015
1194

Ukraina poytaxti Kiyevda 76 yoshli ayol to‘qqizinchi qavat derazasidan tashqariga sakrab, omon qoldi, biroq ko‘p sonli shikastlanishlar oldi.

Hodisa 8-noyabr kuni Kiyevning Dneprovskiy tumanida sodir bo‘lgan. Keksa ayol o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, biroq tirik qolgan.

Jabrlanuvchining miyasi chayqalgan, qorni yopiq shaklda shikastlangan, qo‘l va oyoqlari ko‘p joydan singan va travmatik shokka tushgan.

Ayni paytda ayol kasalxonada yotib davolanmoqda.

Яндекс.Метрика