У нас есть только
оригинальные песни

Klara Jalilovaning o‘g‘li onasi haqidagi hujjatli film uchun material yig‘ishda yordam so‘radi

calendar 16.09.2015
1538

O‘zbekiston xalq artisti Klara Jalilovaning o‘g‘li Furqat Ahmedov Facebook foydalanuvchilariga mu'rojat qilib, onasi haqida ishlanayotgan hujjatli film uchun material yig‘ishda yordam so‘radi.

"Ushbu ajoyib inson hayotining ko‘plab lahzalari sizning qalblaringiz bilan birga, to‘y va yubiley suratlaringiz, videomateriallaringizda muhrlanib qolgan bo‘lishiga shubham yo‘q”, — deb yozadi u bunday materiallar aktrisaning hayotini to‘liqroq tasvirlab berish uchun zarur ekanligini qo‘shimcha qilar ekan.

Furqat Ahmedov har qanday materiallar — fotosuratlar, maqolalar, nashrlarga havolalar va boshqalar u uchun ahamiyatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Яндекс.Метрика