У нас есть только
оригинальные песни

Klichko va F'yurining revansh jangi kuni rasman tasdiqlandi

calendar 07.09.2016
1835

Superog'ir vazn toifasida IBO/WBA/WBO versiyalari bo'yicha jahon chempioni bo'lmish britaniyalik bokschi Tayson F'yuri va ukrainalik sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko revansh jang o'tkaziladigan kun hususida bir to'htamga kelishdi. Jang 29 oktyabr' kuni o'tkazilishi rasman ma`lum qilindi.

«Klichkoning jamoasi F'yuri bilan qoldirilgan jangning yangi muddati aniq bo'lganidan mamnun. Bu ajoyib jang «Manchester-arena»da tashkil qilinadi. Bu ko'plab katta janglarga guvoh bo'lgan munosib joy. Vladimir 29 oktyabr' kuni a`lo formada bo'ladi va u chempionlik kamarini o'ziga qaytarishga qodir», deya Klichkoning menejYeri Bernd Byontening so'zlarini keltirgan BoxingScene.

Klichko va F'yuri o'rtasidagi revansh jangi shu yilning 9 iyul' kuni Manchester shahrida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo britaniyalik bokschi jarohat olgani uchun boshqa muddatga qoldirildi.

2015 yilning noyabr' oyida Germaniyada o'tkazilgan 12 raundlik jangda ochkolar bo'yicha hakamlarning yakdil qarori bilan Tayson F'yuri Vladimir Klichko ustdan zafar quchgan hamda WBA, WBO va IBF titullarini qo'lga kiritgandi. Keyinroq britaniyalik himoya jangini o'tkazishdan bosh tortganligi uchun IBF kamaridan mahrum qilingandi.

28 yoshli Tayson F'yuri professional ringda biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Uning hisobida 25 ta g'alaba (shulardan 18 tasi nokaut bilan) mavjud. 40 yoshli Klichko professional faoliyati davomida 68 ta jang o'tkazib, 64 tasida (shulardan 53 tasi nokaut bilan) zafar quchgan va 4 ta jangda mag'lubiyatga uchragan.

Яндекс.Метрика