У нас есть только
оригинальные песни

Klinton qiyofadoshi bilan almashtirilgani haqida shubhalar paydo bo'ldi

calendar 12.09.2016
2153

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratlar partiyasidan nomzod bo'lgan Hillari Klintonning sog'ligi yomonlashgach, uni qiyofadoshi almashtirishi mumkinligi haqida shubhalar bildirilmoqda. Bu haqda Metro habar tarqatgan.

Ba`zi foydalanuvchilar esa Klinton honimning kasali shifokor aytganidek o'pka yallig'lanishidan ham jiddiyroq bo'lishi mumkinligini aytishgan. Hatto, Hillari Klinton vafot etishi va yuqorida aytilganidek, uning o'rniga qiyofadosh chiqishlar qilishi mumkinligi haqida fikr bildirayotganlar bor.

Ularning bunday tahminlariga Hillari Klinton o'zini juda yomon his qilganidan keyin qizinikiga olib ketilishi va 1,5 soatdan keyin butunlay soppa-sog' holda qaytib kelishi sabab bo'lgan.

Bir qator internet foydalanuvchilarining hisoblashicha, bu haqiqiy Klinton emasdi. Konspirologlar uning burniga e`tibor qaratishgan, ularning aytishicha, go'yo qiyofadoshning burni uchi pastga qaragan, haqiqiy Klinton honimning burni esa yuqori ko'tarilgan holda edi.

Shuningdek, "Hillari Klinton qisqa vaqt ichida ozib ketgani"dan hayronligini bildirganlar ham bor.

«Ular tahmin qilishmoqdaki, bu ishlar  jamoatchilikni Hillari Klintonda miya bilan bog'liq hastalik borligi haqidagi habarlardan chalg'itish uchun o'ylab topilgan. Ulardan ba`zilari Klinton honimda Parkinson hastaligi borligini aytishgan, yoki uning vafot etganini tahmin qilganlar bor», — deya yozgan Metro.

Nashr ijtimoiy tarmoqlarda #HillarysBodyDouble va #IsHillaryalive kabi heshteglar ommalashganiga e`tibor qaratishgan.

Яндекс.Метрика