У нас есть только
оригинальные песни

Klinton sog'ligidagi muammo tufayli Kaliforniyaga safarini bekor qildi

calendar 12.09.2016
1002

QSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo'lmish Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi doirasida Kaliforniyaga uyushtirishi kerak bo'lgan safarini o'ziga pnevmoniya tashhisi qo'yilganidan keyin bekor qildi. Bu haqda uning shtabidagi manbaga asoslangan holda Reuters habar tarqatdi.

Rejaga ko'ra Klinton 12 sentyabr' kuni Kaliforniyaga borib, bu shtatda 2 kun bo'lishi kerak edi. U saylovoldi kampaniyasi uchun mablag' yig'ish maqsadidagi bu safari davomida iqtisodiyotga bag'ishlangan nutqlar bilan chiqish qilishi kutilayotgandi.

11 sentyabr' kuni N'yu-Yorkda 2001 yilgi terakt qurbonlari hotirasiga o'tkazilgan hotira marosimi vaqtida Klinton honim o'zini juda yomon his qila boshladi. Shundan so'ng, u marosimni barvaqt tark etdi. U avtomobilgacha mustaqil Yetib bora olmadi. Nomzodning yiqilayozgani va oyog'idagi tuflisi tushib qolgani tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Avvaliga uning shtabidagilar buni issiq urishi bilan izohlashgandi.

Ko'p o'tmay, shahsiy shifokor Hillari Klintonda pnevmoniya borligini ma`lum qildi. U bir necha kundan beri nomzod yo'talayotgani haqida qo'shimcha qilgan.

6 sentyabr' kuni Klinton honim Ohayo shtatidagi Klivlend shahrida qilgan chiqishi vaqtida yo'tal tutishi tufayli, 4 daqiqa davomida nutq qila olmay qolgandi. O'shanda u vaziyatdan chiqish uchun, "Trampni eslasa, allergiyasi qo'zishi" haqida aytib, hazil qilgandi.

Яндекс.Метрика