У нас есть только
оригинальные песни

KLIPMI YOKI O'ZINI REKLAMA QILISH...(tanqit)

calendar 21.08.2011
4182

''Tv- Markaz'' telekanalini ko'ra turib ajabnafis o'zbek kliplariga ko'zim tushdiyu va hozirgi kliplarimiz haqida judayam yozgim keldi. Demak bugungi mavzuyimiz o'zbek kliplari haqida...

Birinchi Mavluda Asalxo'jayevani ''chal chal'' qo'shig'ini klipi chiqdi. Bir maxal qarasam Mavluda opa allaqanday restaranga borib, u yerdagi stol ustidagi dasturxondi o'rtasiga chiqvolib'' men mushuk emasman chal chal'' deb kuylab ketsa bo'ladimi. Men shu yerda zombiga o'xshab karaxt bo'lib qoldim. Endi shu stol atrofida o'tirgan odamlarni xolatini tasavvur qilib qo'yaverilar. Endi bunga nima xam derdim. Mavluda opa ko'rganmikin o'zi bu klipini. Biroz oshirvormaganmikin yoshlardan qolishmiman deb. Mavluda opani Bu klipni ko'rib qolsa Shakira mendan o'tadigan raqqosa xam borakan deb xayratlansa kerak. Bu xam mayli keyin Mavluda opani yani bir ''Mo'jiza'' deb nomlangan qo'shig'ini klipi chiqdi. Bir maxal Mavluda opa osmondan tushgan avatardey yog'e uzur mo'jizaday qop qora kiyimlarda tepadan uchib kelib, nevarasi tengi yigitlarni atrofiga to'pladi rosa raqsga tushushdi. Bu klipni ko'rib tog'risi bir litr suv ichib o'zimga kelib o'tirsam.

Hojiakbar Bekchanov kuylab qoldiyu'' nega rashq qilyapman seni go'zal qiz axir biz deyarli tanish emasmiz'' deb. Hojiakbar biz deyarli tanish emasmiz deb kuylayabdiyu lekin klipidagi qiz bilan xatti xarakatlarichi qog'ozga o'ralmagan gap uzr huddi er xotinday bir biriga suykalishadi. U xam mayli Hojimurod Bekchanovni shu qo'shig'i klipidagi qiz kalta kiyish bo'yicha rekord qo'ygan desam hayron qolmeng. Tog'risi men shu kungacha bunaqa kalta ko'ylak ko'rmaganman rostida, bor yog'di atrofida ekanda, men ko'rganimi yozyapman. Undan ko'ra kiymeyla qo'ymabdi ovora bo'lib.

 Voy ana undan keyin Kaniza chiqdi istimalarini o'lchatib yog'e '' His et xaroratim '' deb mayli endi Kanizani bu kliplarini haqida ko'p yozishim mumkun lekin yozmiman chunki Kanizani kliplarini tanqidini siyqasi chiqib ketdi. Shuncha tanqit yetmaganday men xam tanqit qilsam Kaniza yana xis et davleniyalarim deb kuylamasin.

Ana undan keyin kimni klipi chiqdi topilarchi ? Yo'q topomadilar. ''Ummon'' guruxini ''Do'st'' deb nomlangan qo'shig'iga olingan klip chiqdi. Tog'risi men ''Ummon'' guruxini bu klipiga uncha tushunmadim. Bular fotosuratga tushyabdimi yoki klipga. Butun klip davomini faqat og'zini qimirlatib turdi Zohid. Jasur bilan Shoxruxni bir biriga teskari qaratib qo'yibdi. Menimcha Jasur bilan Shoxrux klip rejissyorini jaxlini chiqargan shekilli degan fikrga keldim. Chunki butun klip davomida Jasur bilan Shoxruxni yuzi yaxshi ko'rinmagan ekranda. Zoxidni ikki o'ng va chap tarafida teskari qarab turishdi . Keyin klipda ranglardan keng foydalanilmagan. O'zi '' ummon'' guruxini bu klipini qaysi o'qigan klipmeykir oldikin. Arzon klipligi bilinib qolgan. Keyin yigitlarda xam aktyorlik maxorati sust. Shu sababli klipda qo'shiq dardini yetkizib bera olishmagan. Yaxshiyam ''ummon'' guruxini bu klipi qaysidur filmga sauntrek ekan shu filmdagi lavhalar klipni to'ldiribdi. ''Ummon'' guruxi muxlislari meni qarg'amelaru gapni qisqasi klip olish bu gurux uchun emas ekan. Extimol bu klipmeykir aybidur chunki ''Do'st'' qo'shig'i yaxshi qo'shiq bu qo'shiqqa zo'r klip olsa bo'lardi.

Ulug'bek Raxmatullayev klipi chiqdi ''Ko'zlaringga qarab'' deb. Tog'ri klip yaxshi chiqqan lekin qo'shiqqa umuman mos emas. Ulug'bekni bu qo'shig'i dard bilan aytilgan bo'lsa klipidagi qizni hadeb kulishi g'alati g'alati sal shaxvoniyroq qiliqlari qo'shiq ma'nosini o'zgartirgan. Yana klipdagi qiz ayiq terisiga yotvoladimey hullasda...

Shu yerda hayolimga bir fikr keldi. Qo'shiqlar o'z klipiga mos tushyaptimi? klipda ma'no bormi shuni tekshirib ko'rish uchun bir test o'tkazdim nima qildim deng? Televizorni ovozini umuman o'chirib qo'yib qani klipni o'zida nima demoqchiligi tushunishga urunib ko'rdim.
Natija esa quyidagicha- 70% kliplar umuman qo'shiqqa mos kelmadi. Keyin ovozsiz bazi kliplarni ko'rganimda huddi klip emas xonandalar o'zini reklama qilayotgandey tuyuldida. Kulmang gaplarimga ishonmasangiz siz xam bir ovozsiz klip ko'rib ko'ring.
Bu gapim bilan hamma kliplarimiz yomon demoqchi emasman. Yaxshi kliplar xan bor. Masalan Rayxon, Lola, Nilufar, Sardor Raximxon kliplarida sifat va originallik bor. Har soxa singari bu borada xam rivojlanish bor. Lekin arzon, sifatsiz kliplar xam yo'q emas. Men kliplarimizi tanqit qilishimdan maqsad kimnidur tanqit qilib semirish emas. Bilaman chunki bitta klip olishni o'zi osonmas. Shunday ekan xurmatli xonandalar kliplarga e'tiborli bo'lilar. No o'rin tanqit qilgan bo'lsam ming bor uzr. O'ylaymanki tanqidimdan xafa bo'lmay aksincha kerakli hulosa chiqarib biz muxlislarilarga yanada zo'r sifatli original klip yaratasizlar barchangizga omad. Keyin bularning barchasi meni shaxsiy fikri ojizim edi. Xo'sh sizchi xurmatli saytdoshlar bugungi o'zbek kliplari xaqida qanday fikrdasiz? Tanqidiy fikr muloxazalarizi izoxlarda kutib qolaman....


miranda_89 (Barno)
Яндекс.Метрика