Ko'ngil ayniganda nima qilish kerakligiga doir 12 tavsiya

Ko'ngil aynishi ovqat hazm bo'lmaganda, viruslarda, yoqimsiz hidlardan yoki stress natijasida yuzaga kelishi mumkin. "Layfxaker" ushbu yoqimsiz holatni yengillashtirishga yordam beruvchi bir necha oddiy tavsiyalar bilan bo'lishdi. 

1. Yotib olmang

Yotgan holatda oshqozon suyuqligi qizilo'ngachga ko'tarilishi mumkin, bu esa ko'ngil aynishi va noqulaylik hissini kuchaytiradi. Shu bois ovqatdan keyin darhol uxlashga yotish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga qorin mushaklarini siqmaslikka harakat qiling. Ko'nglingiz behuzur bo'layotgan bo'lsa, o'tirib oling va imkon qadar kamroq harakatlaning. 

2. Derazani oching yoki ventilyator qarshisiga o'tirib oling

Shu tariqa yoqimsiz hidlardan xalos bo'lasiz va chalg'iysiz. Toza havo yengillik hissini beradi. Aynan shuning uchun transportda ko'ngli ayniyotganlar derazadan qarashga harakat qilishadi. 

3. Sovuq kompress qiling

Ko'ngil ayniganda harorat ko'tarilishi mumkin. Bo'yinning orqa sohasiga bir necha daqiqaga sovuq kompress qo'ying. Bu haroratni tushirish va ko'ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi. 

4. Chuqur nafas oling

Bu ayniqsa stress yoki qattiq tashvish ketidan kelgan ko'ngil aynishida foyda beradi. Burun orqali chuqur nafas oling va uni 3 soniyaga ushlab turing-da asta-sekinlik bilan chiqaring. Bu mashqni bir necha marta takrorlang.

5. Chalg'ishga harakat qiling

Ko'ngil ayniyotgani haqida qancha ko'p o'ylasangiz, o'zingizni shuncha yomon his qilasiz. Biror kitob yoki filmga chalg'ishga harakat qiling. Agar ishda bo'lsangiz, bir necha marta chuqur nafas oling, keyin anchadan beri orqaga surib kelayotgan ish bilan shug'ullaning. 

6. Ko'proq suyuqlik iching

Ko'ngil aynishi suvsizlanish belgisi ham bo'lishi mumkin, biroq bittada ko'p suv ichib yuborish yoqimsiz hislarni yanada kuchaytirishi mumkin. Butun bir kun davomida ko'p marta oz-ozdan suyuqlik ichishga harakat qiling. Agar oddiy suv ichgingiz kelmasa, meva bo'laklari solingan suv ichishingiz mumkin. 

7. Moychechakli choy iching

Moychechak — ko'ngil aynishiga qarshi xalq tabobatining mashhur vositasi. Shu bilan birga u insonni tinchlantiradi va uxlashga yordam beradi. Bir osh qoshiq moychechak gullari ustidan bir stakan qaynagan suv quying, 5 daqiqa dimlanishini kuting-da, so'ng iching.
 
8. Limon hidlang

Limonda ovqat hazm qilish uchun foydali limon kislotasi mavjud. Agar ko'ngil aynishi qabziyat natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, limon sharbati qo'shilgan qaynagan suv ichaklarni rag'batlantirishga yordam beradi. Faqat oshirib yubormang - ortiqcha limon kislotasi ko'ngil aynishini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. 

Limonning hatto hidi ham ko'ngil aynishida yordam berishi mumkin. Efir yog'i yoki shunchaki yangi kesilgan limonni hidlang. 

9. Bir tilim zanjabil iste`mol qiling

Zanjabil qayd qilishga qarshi xususiyatlarga ega. Ko'ngil ayniganda bir bo'lak zanjabil iste`mol qiling yoki zanjabilli choy iching. 

10. Yalpiz qaynating

Yalpiz kapsulalarini qabul qiling yoki yalpizli choy iching. Yalpiz efir moyi yoki yangi uzilgan barglarining hidi ham ko'ngil aynishida yordam beradi. 

11. Gazlangan ichimlik ichmang

Bunday ichimliklardagi gazlar qorinni dam qilishi mumkin. Ulardagi qand miqdorining ko'pligi esa ko'ngil aynishini yanada kuchaytiradi. Agar gazlangan suvdan boshqa hech narsa bo'lmasa, uning gazlari chiqib ketishini poylang va shundan keyingina iching.

12. Og'ir ovqat iste`mol qilmang

Odatda ko'ngil aynishidan keyin qayta tiklanish uchun banan, guruch, olma pyuresini yeyish tavsiya etiladi. Shu bilan birga biroz makaron (soussiz), kartoshka pyuresi, qaynatilgan tuxum ham yeyish mumkin. Ko'ngil aynishidan xalos bo'lgunga qadar qovurilgan, sutli, go'shtli va sellyulozaga boy mahsulotlardan voz keching.

Ko'ngil aynishi boshqa belgilar bilan birga kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. Masalan, ko'ngil aynishi va ko'krak qafasidagi og'riq yurak xuruji belgisi bo'lishi mumkin. Ko'ngil aynishi va kuchli bosh og'rig'i esa asab tizimidagi muammolarga ishora bo'lishi mumkin.

Ko'ngil aynishi muntazam ravishda davom etsa yoki uning natijasida vazningiz kamaysa, albatta shifokorga murojaat qiling.


Комментарии (0) | Добавить: 23.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Samsung, Apple va Huawei: kim o‘z smartfonlariga eng ko‘p ustama narx qo‘yadi?
Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi
Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi
«O'zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda
Xitoyda “mo'`jizaviy qurol” namoyish qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O'zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo'mitasi tashkil etildi
Toshkentda dam olish kunlari qor yog'ishi mumkin
Rossiya aholisi kamaymoqda: hamma umid muhojirlardan
Eng ko'p haq oluvchi ayol qo'shiqchi ma`lum qilindi
Putin Asad bilan uchrashdi
Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Suhbat. Filippindagi o'zbekistonlik menejyerning muvaffaqiyat siri
Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?
Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma`lum bo'ldi
Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi
1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi