loading...

 

Ko'p ishlash jismoniy va ruhiy salomatlikka ziyon yetkazishi tasdiqlandi

Avstraliya milliy universiteti Social Science & Medicine ilmiy jurnalida ishchi xodimning bir haftada nech kun ishlashi kerakligiga doir tadqiqoti haqida ma`lumot berdi. Olimlar uzoq ishchi haftasi (39 soatdan ko'p) xodimning salomatligini xavf ostiga qo'yadi degan xulosaga kelishdi. 

Tadqiqotda Avstraliyaning 8000ga yaqin aholisi ishtirok etdi. Olimlarning so'zlariga ko'ra, Avstraliyada uch ishchidan ikki nafari ishdagi majburiyatlariga haftasiga 40 soatdan ko'p vaqtini sarflar va bu ularning salomatligiga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Ishdan tashqari uyga ham vaqt ajartishi muhim bo'lgan ayollarda bu muammo yanada chuqurlashgan. 

Tadqiqotchilarning fikricha, haftada 39 soatdan ko'p ishlaydigan kishilarda dam olish, to'g'ri va to'yib ovqatlanish, o'zini keraklicha parvarish qilishga vaqt qolmas ekan. "Bu insonning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga salbiy ta`sir ko'rsatadi", - deyishadi ular.

Olimlarning so'zlariga ko'ra, ayollarning ish haftasi 34 soatdan oshishi kerak emas. 

Britaniyaning Lancet ilmiy jurnali tomonidan chop etilgan boshqa tadqiqot mualliflari haftasiga 55 soatdan ortiq ishlashning xavfli tomonlariga ishora qilishgan. Ularning fikricha, ish jarayoniga 55 soatdan ziyod vaqt sarflaydigan kishilarda insultga yo'liqish xavfi - 33 foiz, yurak ishemik kasalligi xavfi esa 13 foizni tashkil qiladi. Shuningdek diabet rivoji, uyqu bilan bog'liq muammolar va erta o'lim xavfi oshadi.

Mutaxassislar 49 soatlik ishchi haftasi salomatlikka sezilarli ziyon yetkazishini ta`kidlashgan, 55 soatlik ishchi haftasida esa xavf ortadi. 

2016 yilning iyulida Melburn amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti olimlari shu mavzudagi yana bir hisobotni taqdim etishdi. Unga ko'ra, 40 yoshdan oshgan xodimlar haftasiga 25 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Olimlarning ta`kidlashicha, bunday ishchilar to'liq bo'lmagan ish haftasi sharoitida yaxshi natija ko'rsatishadi, 40 soatlik ishchi hafta esa aqliy salohiyatning zaiflashuviga olib keladi. 

Stenford olimlari esa kishi necha yoshda bo'lishiga qaramay, haftada 50 soatdan ko'p ishlash yaxshi samara bermasligini aytishgan. Tadqiqotchilar respondentlarning ishlarini o'rganib, vazifalarni bajarishga 56 soat sarflagan kishilar muvaffaqiyati haftasiga 70 soat sarflaganlar natijasidan farq qilmaganligini aniqlashgan - natijalar deyarli bir xil bo'lgan. 


Комментарии (0) | Добавить: 06.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Kechqurun nima yeyish qomatga zarar yetkazmaydi?
Nikoh uzugi qanday tanlanadi?
Android’da ilovalarga parol qo'yish uchun 5 dastur
Galaxy S8’dan 2 hafta foydalangach, iPhone 7 egasi qaysi smartfonda qolishini aytdi
Қарзни қайтармасликнинг антиқа усулини ўйлаб топган “тадбиркорлар”
Krossovkalarni oq holatda saqlash uchun tavsiyalar
Tuz: dushmanmi yoki do‘st?
Tanqidni yengish sari uch qadam
Genetik semirishga moyillikdan qutulishning yo‘li aniqlandi
O'zbekistonda oxirgi yillarda benzin ishlab chiqarilishi 26,2 foizga kamaygan
Vitaminlarni qabul qilishda bilish zarur bo'lgan 7 jihat
Microsoft Toshkent shahridagi Inha universitetida o'quv-sinfini ochdi
Tramp ish stoliga xizmatkorga kola keltirishni buyuruvchi qizil tugmani o‘rnatgan
«Barselona» Yevropada yana bir ko'rsatkich bo'yicha tengsiz bo'ldi
Shu yozda urfda bo‘ladigan bosh kiyimlar
Instagram foydalanuvchilari soni rekord darajaga yetdi
Cho‘zilish mashqlari haqida eng keng tarqalgan uydirmalar
Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?
Har bir taom uchun guruchning qanday turlari mos keladi?
GM Uzbekistan yangi avlod Malibu modelini ishlab chiqara boshlaydi
O'zbekistonda pulli avtomobil yo'llari qurilishi mumkin
Bo'lajak rafiqasini jinsiy qul sifatida sotmoqchi bo'lgan “kuyov” qo'lga olindi
Rossiyaliklarning qariyb yarmi Dmitriy Medvedevning iste’foga chiqishini qo‘llab-quvvatladi
Kamharakat hayot tarzining salomatlikka ta’siri
Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?
AQSh Yevropadan uchib keladigan yo‘lovchilarga samolyot bortiga noutbuk olib chiqishni taqiqlashni rejalashtirmoqda
Qoniqarsiz gaz ta`minoti: muammoning ildizi va aholining millionlab qarzlari
Xonanda Lolaning 19 yoshli singlisi Asal turmushga chiqmoqda
Bugun: Nyu-Yorkda birinchi marta avtomobil raqamlari joriy etilgan
Oq shimni nimalar bilan kiyish mumkin?