У нас есть только
оригинальные песни

Ko'zi ojiz moskvalik uni o'zbekistonlik ayol aldab ketganini aytmoqda

calendar 23.07.2016
2005

Ko'zi ojiz moskvalik o'zini nikoh rishtalari bilan boylaganidan afsuslanmoqda. Uning "baxtli oilaviy hayoti" uzoq davom etmadi va uning rafiqasi unga nikoh shartnomasini imzolashni taklif qilganda tugadi. Endi erkak yaqinlarinikida sargardon bo'lib yurishiga to'g'ri kelmoqda. 

43 yoshli Ilyas Saleev yoshligidan nogiron hisoblanadi. Ko'zi ojiz erkak go'yoki o'zbekistonlik ayol tomonidan aldanganini aytmoqda. Uning aytishicha, ayol unga uxlatuvchi dori ichirib qo'ygan. Qandaydir yo'l bilan u ayol bilan nikoh shartnomasi tuzib, uni ikki xonalik uyiga doimiy yashashga o'tkazgan holat yuz byerdi.   

Hujjatlarga ko'ra, Ilyas vafot etadigan bo'lsa kvartira ayolga qoladi. Ilyas sudga murojaat qildi, biroq u yerda nikoh haqiqiy deb topildi. Bu orada Ilyasning ta'kidlashicha, ayol uni qanday bo'lmasin siqib chiqarmoqchi. Ayol kvartiraning to'laqonli egasi sifatida kvartirada bir necha muhojirlar bilan yashamoqda.

"Kamsitish, kaltaklanishlardan keyin men shifoxonaga tushib qoldim. Menga birinchi nikohimdan farzandim bilan nimadir sodir bo'lishi bilan tahdid qilib qattiq bosim o'tkazganlaridan keyin, men yana qandaydir hujjatlarni imzolab byerdim", demoqda Ilyas.

Uning badanidagi chandiqlar deyarli bitib ketgan. Biroq yuragidagilari hali bitmagan. Erkak sevgilisi uchun kvartirani sotib, Moskva markazidan chetiga ko'chib o'tdi va o'zining uzoq qarindoshlarinikida yashirinishiga to'g'ri kelmoqda.

Ilyasning qarindoshi Rushan Xayrovning aytishicha, "Ilsya rafiqasi bilan birinchi kvartirani 15 mln rublga sotgan. So'ngra 10 mln ga tejamkor variantdagi uy sotib olishgan. Oradagi farq – 5 mln rubl yo'qolib qolgan. Bu pullar Ilyasda yo'q. U faqatgina pensiyaga yashamoqda".

Erkak yaqinlari avvaldan bu nikohga qarshi chiqqanlarini yashirmayaptilar, biroq aralashmaslikka qaror qilishgan.

Voqea tafsilotlari videomatyerialda keltirilgan.

 

Яндекс.Метрика