У нас есть только
оригинальные песни

Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li

calendar 19.10.2017
1304

Kundalik ishlarda o‘z kuchini tejash yordamida unumdorlikni 1,5-2 marta oshirish mumkin.

Tez-tez tanaffus qilib turing

Unumdorlikning kamayish qonuniga ko‘ra: agar bir maromlilikka rioya qilmasangiz va ish kuni davomida energiya tiklanmasa, samarangiz kamayib boraveradi.

Holdan toyguncha ishlashga urinmangko‘proq tanaffus qilib turing.

Ish vaqtingiz kamaysa ham, uning sifati ayniqsa kun oxirida sezilarli darajada yaxshilanadi.

Ishlarning matritsasini tuzing

Qolib ketgan ishlar va vazifalarning muhimligiga qarab joylashtirishning eng oddiy vositasi — ishlarning matritsasi. Matritsa vazifalarni ikki jihatiga — muhimligi va zarurligiga qarab joylashtiradigan 4 bo‘lak (A, B, C, D) dan iborat bo‘ladi.

Vazifalarning qaysilari eng zarur va muhimligini hamma tushunishi uchun ularni qanday joylashtirishni hamkasblaringiz bilan muhokama qiling. Va hal qilinmagan muammolarning chigillaridan xavotir olmasdan matritsa bo‘yicha ishga kirishing.

“Sterillangan kabina” tashkil qiling

“Sterillangan kabina” termini — aviatsiyadan kirib kelgan. Uchish va qo‘nish vaqtida — eng muhim, murakkab va xavfli bosqichlarda — bu kabinada faqat uchish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzulardagina gapirishga ruxsat beriladi.

O‘zingiz uchun diqqatingizni to‘plash va e’tibor bilan ishlash maqsadida vaqt va joy — “sterillangan kabina” ajrating.

Keraksiz narsalardan qutuling

Virtual ish stolidan ham, o‘zingizning ish stolingizdan ham keraksiz narsalarni tashlab yuboring. Ularning hammasi chalg‘itadi va diqqatingizni to‘plashga xalal beradi. Ularsiz nafas olish yengillashadi.

Virtual ish stolida faqat tematik papkalarni qoldiring. Alohida hujjatlarni ish stolida saqlamang.

Xotirangizni bo‘shating

Miyamiz uchun xotirada biron-bir narsani saqlash va bir vaqtning o‘zida teran fikrlash juda qiyin. Miyani suzib yuruvchi vazifalardan xalos qiling va fikrlashingiz yengillashadi.

Buning uchun miyani “bo‘shatish”ga o‘xshash biron narsa qilish kerak. Xayolingizga kelgan hamma ishlarni yozib oling, — ularni keyin ham saralashingiz mumkin.

Яндекс.Метрика