У нас есть только
оригинальные песни

Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin

calendar 11.12.2017
1942

Olimlar aniqlashicha, u hozirdanoq sekinlashishni boshlagan. 
Madrid. Ispaniyaning Salamanka universiteti olimlari aniqlashicha, Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin. Bu haqda “Yangiliklar federal agentligi” tadqiqot natijalariga ko'ra u sekinlasha boshlagan, deb yozadi. O'z tadqiqotlari davomida ular koinotning muntazam ravishda kengayishi nazariyasini rad etishdi va aslida uning o'sishi asta-sekinlik bilan sekinlashayotganini e'lon qilishdi. Ekspertlarning fikricha, u bilan parallel ravishda vaqt tezligi ham kamayib boryapti. Ular kelajakda u to'xtab qolishi mumkinligini ham inkor etishmayapti. Mutaxassislar hatto vaqt to'xtatishining taxminiy muddatini ham aytishdi. Ularning fikricha, bu bir necha million yilllardan so'ng ro'y berishi mumkin.

Яндекс.Метрика