У нас есть только
оригинальные песни

Koka-kola bilan parhez qilish qanday natija berdi?

calendar 21.11.2015
2213

Parhezlar turli ko'rinishda bo'ladi. “Berkshire Hathaway” direktori ulardan birini, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, g'aroyibini tanladi.

Qanday qilib dunyoda o'z o'rniga ega 84 yoshli sarmoyadorga cheksiz quvvat ila kunlarini o'tkazish nasib qildi ekan? Bu haqda uning o'zi (Uorren Baffett) shunday deydi:

“Mening to'rtdan bir qismim Koka-koladan tashkil topgan”.

Sizga balki u o'zining portfilidagi aktsiyalari tufayli shunday deyayotgandek tuyulayotgandir. Baffett buni inkor etadi:

“Agar men bir kunda 2,7 ming kilokaloriya qabul qilayotgan bo'lsam, shundan to'rtdan biri Koka-kolaga to'g'ri keladi. Men uni bir kunda besh mahal 0,33 ml. dan iste'mol qilaman”.

 

Bunday g'alati har kunlik parhezni “Berkshire Hathaway” kompaniyasi orqali Coca-Cola dan 16 mlrd dollar ulush olib turadigan odam qilishi mumkin (bu kompaniyaning 9 foiz kapitalini tashkil etadi). 0,33 ml. li kola bankasida 140 kilokaloriya bo'ladi. Baffett shunday deydi:

“Men kunduzi uch banka va kechda ikki banka kola ichaman”.

Omaxadagi “Berkshire Hathaway” kompaniyasining ofisida u oddiy kola ichadi, uyda esa olchali kola iste'mol qiladi.

“Utz Potato Stix” kartoshkali frisi haqida

Baffettning aytishicha, u “Utz” kartoshkali frini kola bilan iste'mol qilishni judayam yoqtiradi. “Utz” gazak ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'lib, Pensilvaniya shtatining Gannover shahrida joylashgan. Baffettning aytishicha, u kompaniyaning rahbarlari bilan shu kompaniyani sotib olish bo'yicha muzokaralar olib borgan.

“Berkshire Hathaway” kompaniyasining sarmoyadorlari o'z rahbarlarining nonushtada “Utz Potato Stix” kartoshkali frisini emasdan yasholmaydi, degan xavotirga tushmasalar ham bo'ladi. Baffett aytadiki:

“Men nonushtaga bugun shokoload qoplamali vazali muzqaymoq iste'mol qildim”.

Shunday bo'lib chiqdiki, juda katta miqdordagi shakar va tuzi bo'lgan bunday parhez bilan u o'zining sog'lom ko'rinishini saqlab qolgan. Baffett shunday deydi:

“Men o'limlar ro'yxatini ko'rib chiqdim. Unga ko'ra eng kam o'limga uchraydiganlar olti yoshli bolalar ekan. Shu sabab men olti yoshli bolalardek ovqatlanishga qaror qildim. Men buni o'zim uchun qilgan harakatlarning eng xavfsizi, deb hisoblayman”.

Яндекс.Метрика