2012 yilda AQShning Kolorado shtatidagi Avrora shahrida kinoteatrda 12 kishini o'ldirgan qotil Jeyms Xolms Kolorado shtatidagi qattiq tartibdagi qamoqxonaga joylashtirildi.
12 kishining o'limi va 70 kishining
jarohatlanishi sababchisi bo'lgan qolgan umrini Kenon-siti qamoqxonasida
o'tkazadigan bo'ldi, chunki unga chiqarilgan hukmda muddatdan avval
ozod etish imkoniyati ko'zda tutilmagan.
Bundan tashqari, tergov
huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan kurashish uchun Xolms
minalashtirib qo'ygan uyining suratlarini chop etdli, deb yozgan
Business Insider nashri. Shu yilning avgust oyi boshida Xolms umrbod
qamoq jazosiga hukm qilingan edi.