У нас есть только
оригинальные песни

Kolumbiyada Zika virusiga chalinganlar soni salkam 72 ming kishiga yetdi

calendar 24.04.2016
1886

2015-yil kuzidan beri 71,9 ming nafar Kolumbiya fuqarosi Zika virusini yuqtirib oldi. Ular orasida 12,8 ming nafar homilador ayol bor. Bu haqda 23-aprel, shanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash milliy instituti ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Qonida Zika virusi aniqlangan salkam 470 kishida nevrologik buzilishlar, jumladan, 304 kishida Giyen-Barre sindromi qayd etildi. Ulardan kamida uch kishi shu sindrom qurboni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mamlakatda Zika virusiga chalinganlar soni 68 ming kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика