У нас есть только
оригинальные песни

Koma holatidagi qiz o'z kelajagini ko'rgan…

calendar 21.12.2017
1031

Amerikalik Enn Xoll o'z onasi haqida ajabtovur bir voqeani gapirib berdi. 
Uning aytishicha, onasi bola paytida ko'lda cho'milayotib kutilmaganda cho'kib ketgan. Bunga suvga o'zini tashlaganda, qayiqqa bosh bilan urilib hushidan ketishi sabab bo'lgan ekan. 
U ko'l tubiga cho'kayotib, ruhan yuqorilay boshlaganini his etgan. Tanasi esa pastda qolib ketgan. 
O'shanda boshqalar kabi o'tmishni emas, kelajagini ko'rgan. 
— Onam ruhi yuqoriga ko'tarilgach, qandaydir bir necha o'n soniyalar ichida, — deydi Enn, — bo'lg'usi turmush o'rtog'ini, tug'ilajak farzandlarining yuz tuzilishini aniq ko'rgan. Lekin farzandlaridan birining yuz tuzilishi qolganlariga umuman o'xshamagan… 
Onamni yuqoriga olib chiqib hushiga keltirishganda, ko'rganlarini qarshisidagilarga gapirib bergan. Biroq hech kim uning gapiga ishonmagan. 
Oradan yillar o'tib esa, onam o'sha o'zi komadaligida ko'rgan yigitga turmushga chiqqan va besh farzandni dunyoga keltirgan. Vaholanki, farzandlarining yuz tuzilishi koma holatida ko'rganlarining xuddi o'zi. Faqat oltinchi bolasini dunyoga keltira olmagan. Chunki homila muddatidan oldin tushib qoldi. Bu o'shanda boshqa bolalariga yuz tuzilishi jihatidan umuman o'xshamagan bola edi.
 

Яндекс.Метрика