Kompyuter sichqonchasi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug'ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo'yicha anjumanda taqdim qilgan.

Quyida kompyuter sichqonchasi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan:

Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo'lmagan.

Engelbart unda sichqonchani yaratish g'oyasi paydo bo'lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo'llashni taklif qilgan.

Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo'lgan. Biroq qahramon mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan  Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e`tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan.

Engelbart o'z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o'zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.

Inglizcha mouse (sichqoncha) so'zining ko'plikdagi shakli mice ko'rinishida yoziladi. Biroq gap kompyuter sichqonchalari haqida ketganda Oksford lug'ati mouses so'zini qo'llashga ruxsat beradi. 

Sichqoncha 1980-yillarda unga huquqni Apple kompaniyasi sotib olgandan keyin ommalashgan. Sichqoncha konstruksiyasi soddalashtirilib, “Makintosh” kompyuteri bilan birga ishlatila boshlangan. 

Sichqonchani ishlatish mumkin bo'lgan ilk kompyuter 1970 yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo'lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo'lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.

Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko'rsatish sifatiga ega bo'lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo'lgan. 

Ilk optik sichqoncha 1980 yilda paydo bo'lgan, biroq 1999 yilda uning narxi cho'ntakbop ko'rinishga kelgandan keyingina keng qo'llana boshlangan.


Комментарии (0) | Добавить: 10.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi