У нас есть только
оригинальные песни

«Krasnodar» Odil Ahmedovni sotmoqchi

calendar 11.12.2016
2244

Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi o'zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedovdan qutilmoqchi. Ushbu futbolchining badal puli 7 - 8 million yevro etib belgilangan.Sport Ekspress xabariga ko'ra, ayni vaqtda ushbu 29 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga Xitoyning «Shandun Lunen» jamoasidan qiziqish bor.Xitoy chempionatida legionerlar limiti (1 osiyolik + boshqa qit`a vakillari uchun 4 o'rin) shunday transfer zaruratini yuzaga keltirgan.Ayni vaqtda yulduzli «Shandun Lunen» tarkibida 5 nafar xorijlik futbolchi bor – Grasiano Pelle, Papiss Sisse, Valter Montilo, Jil va Jusiley.«Shandun Lunen» o'tgan mavsumda Xitoy chempionatida 16 jamoa ichida 14-o'rinni egallagan.

Яндекс.Метрика