У нас есть только
оригинальные песни

Kreativ fikrlashni o‘rganish uchun ilmiy tadqiqotlardan 7 ta maslahat

calendar 21.08.2016
2021

VC.ru nashri kreativ fikrlarshni o‘rganishda yordam beradigan 7 ta maslahatni jamladi. Ularning ishonchliligi esa ilmiy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lganida.

Yengil charchash

Birinchi maslahat Scientific American jurnalidan olingan bo‘lib, biror notanish sohada ishlashga to‘g‘ri kelgan vaqtda buni biroz charchagan yoki ish vaqti yakunlanayotgan vaqtda qilish kerakligi ta’kidlanadi.

Chunki bunday paytda miyaning dangasaligi ortadi va yangi, sodda yechimlar izlay boshlaydi. Bu paradoks esa miya charchagan vaqtda bir mavzudan boshqasiga oson ko‘cha olishini isbotlaydi.

Jismoniy mashqlar

“Спортивная медицина” jurnalida e’lon qilingan tadqiqot esa jismoniy mashqlar kreativ fikrlar uchun yordam berishini ko‘rsatadi. Ular ikki xil guruh tuzishdi. Birinchi guruhga sportga oid videolar, ikkinchisiga esa o‘zlari xohlagan videolar ko‘rsatildi.

Sport videolarini ko‘rib, ularni takrorlagan guruh esa faoliyatida ko‘proq kreativroq, faolroq bo‘lib, muammolarga oson yechim topishgan.

Pyschology Today jurnalida esa shunday yoziladi:

Ter — fikrlash zanglab qolmasligini ta’minlaydigan suyuqlik. U fikr yuritishni tezlashtiradi, hayolot dunyosidan yangi ideyalarni topishda yordam beradi.

Fondagi shovqin

Blue Sky jurnalisti butunlay tinch paytda ideyalar o‘ylab topish yaxshiligini ta’kidlaydi. Musiqa va tashqi muhitdagi ovozlarsiz ijodiy qobiliyatlar yaxshi ishlaydi, deb hisoblaydi u.

“Изучение креативности” jurnalidagi tadqiqotlarga ko‘ra esa, atrof-muhitdagi shovqinlar ham muammoning yechimini topishda yordam bera oladi. Masalan, kafega borib ishlasangiz, notanish odamlarning gaplari yangi ideyalar uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Fondagi shovqinni hosil qilish uchun esa saytservis va mobil ilovalarmavjud. Ularning yordamida tabiat hodisalari, poyezd yoki kafedagi odamlar ovozini sun‘iy hosil qilish mumkin.

Xira yorug‘lik

“Психология окружающей среды” jurnalida esa xira yoritilgan xonada odamlar o‘zini erkin his qilishi va ijodiy imkoniyatlari kengayishi yozilgan.

Masxara va g‘azab

Talabalar ikki guruhga bo‘lindi va ular mijozlarning qo‘ng‘iroqlariga javob berishi zarur edi. Birinchi guruh bilan odatiy, ikkinchisi bilan esa biroz g‘azab-masxara aralash gaplashildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ikkinchi guruh mijozlar muammosini tezroq va yaxshiroq hal qila olgan.

Video o‘yinlar

Kompyuter o‘yinlari harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi. Chunki bunda ham qo‘l, ham ko‘z bir vaqtda harakat qiladi. Bir tomondan bu — dam olish texnologiyasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa innovatsion fikrlash uchun platforma hisoblanadi.

Pinsilvaniya universiteti tadqiqotlari esa “passiv o‘yinlar” emas, emotsiyalarga boy o‘yinlar kreativ fikrlashni yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Miya bo‘ronlari

Agar miyangizni fikrlar bilan to‘ldirib tashlamoqchi bo‘lsangiz, o‘ylashga o‘tirishni istasangiz, buni yolg‘iz qilishingiz tavsiya etiladi. Chunki guruh bo‘lib fikrlar bo‘ronini hosil qilish, zararli ishlaydigan ideyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Яндекс.Метрика