У нас есть только
оригинальные песни

Kreml AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishni noqonuniy deb atadi

calendar 04.03.2018
650

Kreml Amerikaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishini noqonuniy deb hisoblaydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

 

“Bu kun tartibidagi bizning masalamiz emas. Prezident ta’kidlaganidek, biz hech qachon bu sanksiyalar tashabbuskori bo‘lmaganmiz. Biz ularni noqonuniy va nafaqat ikki mamlakat xalqiga, balki butun dunyoga zarar keltiruvchi deb hisoblaymiz”, — deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Bir necha kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirish haqida ko‘rsatma berdi. Vashington mazkur cheklov tartibini Qrim va Ukrainadagi vaziyat tufayli 2014-yilda joriy etgan edi. Sanksiyalarga, shuningdek Yevro Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Norvegiya va Avstraliya ham qo‘shildi.

Яндекс.Метрика