У нас есть только
оригинальные песни

Kreml Putinning sog'lig'i haqida ma`lumot berdi

calendar 17.01.2018
1256

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma`lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putin mutlaqo sog'lom. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Sizni ishontirishim mumkinki, prezident mutlaqo sog'lom, ko'plardan bu borada yaxshiroq holatda ham», - deya ma`lum qilgan Peskov.

Peskov Putinning sog'lig'i holati haqidagi ma`lumotlar ochiqlanishi to'g'risidagi savolga javob berarkan, qonunchilik bilan bunday narsalar nazarda tutilmaganini ta`kidlab o'tdi.

«Menda bunday narsalar tayyorlanayotgani haqida ma`lumotlar yo'q. Bizning qonunchilikda prezidentning sog'lig'i holati haqidagi ma`lumotlarni majburiy e`lon qilish nazarda tutilmagan», - deya aniqlik kiritdi Peskov.

Яндекс.Метрика