У нас есть только
оригинальные песни

Kriptovalyutalar futbolga ham kirib keldi

calendar 30.08.2018
943

Kriptovalyutalar futbolga ham kirib kelmoqda. Italiya S Seriyasida ishtirok etuvchi «Rimini» klubi aksiyalari kriptovalyutaga sotilgan birinchi jamoa sifatida futbol tarixiga kirdi. Forbes`ning yozishicha, Quantocoin kompaniyasi klubning 25 foiz aksiyasini raqamli pullarda sotib olgan.

Ushbu jamoa oxirgi 25 yil davomida 3 marta bankrot deb topilgan edi. O'tgan mavsumda u D Seriya chempioni bo'lib, yuqoriroq ligaga ko'tarilgan.

Quantocoin kompaniyasi hissadorlaridan biri Pablo Dananing ta`kidlashicha, kriptovalyutalardan foydalanish futboldagi korrupsiya darajasini kamaytirishga yordam beradi. U, shuningdek, kompaniya ushbu xaridi bilan cheklanib qolmasligi va yana boshqa klublarni ham sotib olish niyatida ekanini ma`lum qilgan.

Яндекс.Метрика