У нас есть только
оригинальные песни

Krishtianu Ronaldu “Real” maydonidagi 424 daqiqalik golsiz seriyasiga dubl orqali barham berdi

calendar 27.11.2016
1671

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sporting Xixon”ga qarshi (2:1) La Liga 13-turida dubl muallifi bo‘lib, birinchi goli orqali Ispaniya chempionati doirasida “Santyago Bernabeu”dagi 424 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi oxirgi marta “Real” maydonida 10-sentabr kuni, “Osasuna”ga qarshi (5:2) o‘yinda gol muallifi bo‘lgan edi.YChL doirasida esa Ronaldu “Santyago Bernabeu”da so‘ngi bor 14-sentabr kuni, “Sporting” klubiga qarshi (2:1) o‘yinda gol kiritgandi.

Avvalroq Ronaldu “Sporting Xixon” bilan o‘yinda kiritgan gollari orqali La Ligada qatorasiga yetti yil davomida 30 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchi bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Яндекс.Метрика