У нас есть только
оригинальные песни

Kubada 2 yuk mashinasi to'qnashishi tufayli 13 kishi halok bo'ldi

calendar 29.12.2015
897

        

Kuba sharqidagi Santyago-de-Kuba viloyatida yuz bergan yo'l transport hodisasi tufayli 13 kishi halok bo'ldi va 34 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 29 dekabr kuni mahalliy Informacion nashriga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, ikkita yuk mashinasi mamlakat poytaxti Gavanadan 870 km masofadagi hududda o'zaro to'qnashgan. Qurbon bo'lganlardan etti nafari ayol, yana 1 nafari yosh bola bo'lgan.

Bundan tashqari, jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilganlardan 5 nafari og'ir ahvolda ekani aytilgan.

Politsiya hodisa sabablarini o'rganishga kirishgan.

Яндекс.Метрика