У нас есть только
оригинальные песни

Kubaning yangi rahbari BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

calendar 08.05.2018
776

Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi rahbari Migel Dias-Kanel 7 may kuni Gavanada BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Juventud Rebelde portalining ma`lum qilishicha, tomonlar suhbat davomida tinchlik va xalqaro barqarorlik, 2030 yilgacha davr uchun iqlim o'zgarishlari va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishgan. 

Dias-Kanel BMT bosh kotibiga Kuba tashkilot nizomi tamoyillariga va Lotin Amerikasi va Karib havzasida tinchlikni targ'ib qilishga sodiq qolishga va`da bergan. Kubaning yangi rahbari suhbat davomida mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy model yangilanishining borishi haqida so'zlab bergan.

Dias-Kanel aprelda Kuba davlat kengashi rahbari lavozimiga tasdiqlangandi. 

Яндекс.Метрика