У нас есть только
оригинальные песни

Kumush saratonni davolashi aniqlandi

calendar 12.12.2017
1503

Britaniyaning Lids universiteti olimlari kumushning shifobaxsh xususiyatlarini o'rganish doirasida bir qator tadqiqotlar o'tkazdi. Ular kumush insonni saraton xastaligidan davolashi mumkinligini aniqlashdi. 
Ma'lumki, kumush uzoq davrlardan beri tuzatuvchi va mikroblarga qarshi vosita sifatida foydalanib kelinadi. Yaqinda esa Lids universiteti olimlari o'z xulosalarini bayon etib, kumush onkologik kasalliklarga ham qarshi samarali kurashishini bildirdi. 
Qadimgi zamonlardan beri bu metall tibbiyotda yaralarni tuzatish va mikroblarga qarshi kurashishda foydalanib kelinadi, ammo hozir mutaxassislar o'tkazgan tajribalar natijasiga ko'ra, saraton hujayralari bir necha soatda kumush ta'siriga mubtalo bo'ldi. 
Bu metallni onkologik kasaliklarda qo'llaniladigan sisplatinaga tenglashtirishdi, biroq ushbu element ko'ngil aynishi, qusish va buyrak disfunktsiyasida salbiy ta'sirga ega. 
Shu bilan birga kumush dezodorantlarda ishlatiladi, bundan tashqari, uning salbiy ta'siri yo'q. Shuning uchun kumush tsisplatinaga nisbatan foydaliroq sanaladi. 
Britaniyalik olimlar laboratoriya sinovlarini o'tkazishdi, natijada saraton hujayralari kumush ta'sirida 140 soatdan ortiqroq vaqt ichida zararsizlantirildi. Tadqiqot natijalari “Dalton Transactions” ilmiy nashrida chop etildi. 
Tajriba natijalari olimlarni lol qoldirdi, ular kumush birikmalari organizmga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan tezkorlik bilan yomon sifatli patologiyani yo'q qilishiga e'tibor qaratishdi. Tadqiqotdan so'ng ular metallning foydali xususiyatlari va kumushning saratonga qarshi ta'sir mexanizmini o'rganishda davom etiga qaror qilishdi. 
Kelajakda esa olimlar uning asosida bunday xastalikdan aziyat chekuvchi bemorlarni davolash xususiyatiga ega bo'lgan preparat yaratishni rejalashtiryapti.

Яндекс.Метрика