У нас есть только
оригинальные песни

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

calendar 10.09.2018
14066

Qarish muammolari bo'yicha Milliy institut va Jon Xopkins Universiteti (AQSh) olimlari tungi uyquning kam miqdori va Altsgeymer - hayot sifatining jiddiy yomonlashuvi hamda erta o'limga olib keluvchi davolanmaydigan kasallik o'rtasida bog'liqlik borligini aniqladilar. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot xabarnomasida aytiladi.

Mutaxassislar 1958 yildan boshlab uch mingdan ziyod kishi qatnashgan Baltimore Longitudinal Study of Aging uzoq muddatli tadqiqot davomida olingan ma`lumotlarni tahlil qildilar. 1991-2000 yillar davrida ko'ngillilar o'rtasida so'rov o'tkazildi, uning davomida ularga uyqu sifati va kunduzgi uyquga oid qator savollar berildi. Sinovda ishtirok etganlar guruhi Altsgeymer kasalligining belgisi bo'lgan beta-amiloid birikmalar identifikatsiyasi uchun Pittsburgh B (PiB) kimyoviy birikmasidan foydalanib, pozitron-emission tomografiyasidan o'tkazildi.

Tadqiqotchilar so'rovdan o'tgan, 16 yildan so'ng esa - PiB tomografiyasidan o'tkazilgan 123 nafar ko'ngillini aniqlashdi. Ma`lum bo'lishicha, kunduzgi vaqtda mudragan, uyqusi kelgan kishilarda amiloid birikmalarni to'plash xavfi boshqa ishtirokchilarga qaraganda deyarli uch baravar ko'p bo'lgan.

Olimlarning fikriga ko'ra, bunday natijalar kunduzgi mudrash, surunkali shaklda beta-amiloidlarning hozircha noma`lum bo'lgan mexanizm orqali shakllanishiga olib keluvchi yomon tungi uyqu natijasi sanaladi. Biroq, tadqiqotchilar birikmalarning o'zi uyqusizlikni chaqirishi mumkin ekanini hozircha istisno eta olmayaptilar.

Яндекс.Метрика