У нас есть только
оригинальные песни

Kung-fu ustasi qo'llar bilan yong'oq chaqish bo'yicha rekord o'rnatdi

calendar 04.11.2017
1422

Xitoylik jang san`ati ustasi Li Veytszyun bir daqiqadan kamroq vaqt ichida bir qo'li bilan 302 ta yong'oqni chaqib, jahon rekordi o'rnatdi. Ushbu rekord qayd qilingan video CGTN telekanalida joylashtirildi.

Rekordchi 27 yildan beri turli jang san`ati turlari bilan shug'ullanib keladi. Jumladan, u “temir qo'l” texnikasini mashq qiladi. Bu texnika evaziga uning o'ng kafti mashq qilmagan odamnikidan ancha kuchliroqdir. Li Xitoyning an`anaviy madaniyati va jang san`atini ommalashtirish maqsadida Giness rekordlar kitobiga kirishga qaror qilgan.

Avvalgi rekord bir necha hafta avval hindistonlik Prabxakar Reddi tomondan o'rnatilgan bo'lib, u bir daqiqa ichida 212 ta yong'oqni chaqa olgandi.

 

Яндекс.Метрика