У нас есть только
оригинальные песни

Kuvayt Qurbon hayiti munosabati bilan 9 kunlik dam olish kunini e`lon qilishi mumkin

calendar 14.08.2016
1456

Qurbon hayit bayrami 11 sentyabrdan boshlansa, Kuvayt davlat hizmatidagi hodimlar uchun 9 kunlik dam olish kuni sifatida tasdiqlashi mumkin. Bu haqida Emirates 24|7 nashri habar qildi.  

Qurbon hayit bayrami 11 sentyabrdan boshlanishi rasman tasdiqlansa, vazirlik bir necha kunlik dam olish kunlarini e`lon qiladi. Bu Makkaga haj ziyoratini amalga oshirayotgan millionlab musulmonlarning Arofat tog'ida turgan vaqtiga to'g'ri keladi. 

OAV davlat hizmati kengashi ma`lumotiga asoslanib, Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanbaga to'g'ri kelsa, vazirlik to'qqiz kunni dam olish kuni, deb e`lon qilishi haqida ma`lum qildi. 

"Bu dam olish kunlarining 9 sentyabr juma kunidan 17 sentyabrga qadar davom etishini bildiradi. "

"Ish kuni esa 18 sentyabrdan boshlanadi", - deyiladi ma`lumotda. 

Яндекс.Метрика