У нас есть только
оригинальные песни

KXDR Sariq dengizdagi Janubiy Koreya bilan chegaraga maxsus harbiy otryadlarni to'plamoqda

calendar 24.08.2015
1755

Shimoliy Koreya Sariq dengizdagi Janubiy Koreya bilan chegaraga bortida maxsus harbiy qismlar bo'lgan 20ta desant kemasini jo'natdi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar berdi. Bundan avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe shimoliy Koreya tuzumiga qarshi yo'naltirilgan tashviqot ishlarini to'xtatish rejalashtirilmayotganini ma'lum qilgan edi. Eslatib o'tamiz, KXDR va Janubiy Koreya o'rtasidagi qarama-qarshilik Janubiy koreyalik askarlarning qurolsizlantirilgan hududda minaga duch kelib halok bo'lganidan so'ng boshlangan edi. Bunga javob tariqasida Janubiy Koreya so'nggi 11 yil ichida ilk bor KXDRga qarshi tashviqot o'tkazuvchi ovoz kuchaytirgichlarni ishga soldi.
Яндекс.Метрика