У нас есть только
оригинальные песни

KXDR Singapurda Kim Chen In uchun limuzin qidirmoqda

calendar 04.06.2018
730

Shimoliy Koreya vakillari Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi vaqtiga avtomobillar ijaraga olishni mo'ljallamoqda. Bu haqda The Straits Times manbaga asosan xabar berdi.

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreya delegatsiyasi AQSh prezidentida bo'lgan avtomobillardan past darajada bo'lmagan transport vositalari taqdim etilishini talab qilmoqda va hozirgi vaqtda Kim Chen In uchun limuzin izlashmoqda.

Ta`kidlanishicha, AQSh delegatsiyasi Singapurga prezident avtoparkini olib boradi. Uning ichida, xususan, Trampning Cadillac kompaniyasidan limuzini ham bo'ladi.

Яндекс.Метрика