У нас есть только
оригинальные песни

KXDR va Janubiy Koreya urush yakunlanganini e`lon qilish niyatida

calendar 28.04.2018
1008

Shimoliy va Janubiy Koreya Koreya urushiga joriy yilda yakun yasashga kelishib oldi. Bu haqda «Kiodo» Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma`lumotlariga ko'ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o'zaro sammiti yakunlari bo'yicha tuzilgan Pxanmunjom deklaratsiyasida shu haqda so'z yuritilgan.

Shu bilan birga, har ikki yetakchi amaldagi sulh rejimidan tinch bitimga o'tish haqida e`lon qilishni rejalashtirmoqda.

Shimoliy va Janubiy Koreya o'rtasidagi urush aslida 1950 yildan beri davom etmoqda. 1953 yilda esa vaqtinchalik sulh haqida bitim imzolangan.

Яндекс.Метрика