У нас есть только
оригинальные песни

KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi

calendar 21.04.2018
878

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma`lum qilishicha, Pxenyan yadro quroli va texnologiyalarini boshqa mamlakatlarga bermaydi. Bu haqda u Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo'mitasi yalpi majlisida chiqish qilib aytib o'tgan, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Avvalroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to'xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma`lum qilgandi.

«Biz yadro qurolidan hech qachon foydalanmaymiz, bunda bizning davlatga nisbatan yadro qurolini qo'llagan holda tahdid qilish yoki fitnalar istisnoga aylanadi. Nima bo'lgan taqdirda ham biz yadro quroli va texnologiyalarini boshqa mamlakatlarga bermaymiz», - deya aytib o'tdi Kim Chen In.

Shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, Pxenyan bundan buyon boshqa davlatlar bilan muloqotni faolroq yo'lga qo'yadi, bu Koreya yarim orolida tinchlikni saqlab qolish uchun kerak.

Яндекс.Метрика