У нас есть только
оригинальные песни

KXDRda rekord darajadagi harorat qayd etildi

calendar 02.08.2018
1319

KXDRda rekord darajadagi harorat qayd etildi, "Nodon Sinmun" gazetasi mamlakat aholisini ob-havoning qishloq xo'jaligiga salbiy ta`siri oqibatlariga qarshi kurashishga chaqirdi.

"Meteobyuro ma`lumotlariga ko'ra, iyulning so'nggi o'n kunligidan bugungi kunga qadar havo harorati 35 darajadan oshib, kuzatuvlar tarixidagi rekord 40 darajaga yetdi,  ko'plab hududlarda yog'ingarchilik bo'lmayapti, jazirama harorat mamlakatning barcha hududlarida yana bir necha kun saqlanib turishi kutilmoqda", — deyiladi gazetadagi maqolada.

Yuqori harorat va qurg'oqchilik natijasida Xvanxe-Namdo va Xvanxe-Pukto viloyatlaridagi guruch va boshoqli ekinlar hosili xavf ostida qoldi.

Nashrning qayd etishicha, mavjud vaziyat "butun mamlakatning bir tan bo'lib ob-havo sharoitining salbiy oqibatlari oldini olish uchun kurashga chiqishini" talab qiladi. Maqolada qishloqlar va shaharlar aholisi, armiya va qishloq xo'jaligi xodimlari jaziramadan yetadigan zararning oldini olish uchun kurashni kuchaytirishga chaqiriladi. 

"Ilgari duch kelinmagan bu jazirama yirik tabiiy ofat hisoblanadi, ammo o'tib bo'lmas to'siq emas", — deyiladi maqolada.

Яндекс.Метрика