У нас есть только
оригинальные песни

La Liga, 35-tur. “Barselona” “Realdan”, Suares Ronaldudan o‘zib ketdi

calendar 24.04.2016
842

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionligi uchun kurash olib borayotgan “Barselona” ochkolari sonini 82 taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

35-tur uchrashuvini birinchi bo‘lib o‘tkazgan “Real” 1-o‘ringa chiqib olgan, keyin esa “Atletiko” 1-pog‘anini hamshahridan tortib olgandi. 23-aprel holatiga ko‘ra “Barselona” barchasini avvalgi holatiga keltirdi.

Mazkur turda o‘z hisobiga 4 ta gol yozib qo‘ygan Luis Suare to‘purarlar poygasida “Real” a’zosi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Portugaliyalik futbolchi 31 ta gol urish uchun 34 ta o‘yinda maydonga tushgandi. Suaresga esa 34 ta gol uchun 32 ta bellashuv kifoya qildi. Qayd etish kerak, jarohati sabab Ronaldu 35-turni o‘tkazib yuborgandi.

Ispaniya La Ligasi
35-tur bellashuvi
23-aprel, shanba

“Barselona” — “Sporting” 6:0

Gol: Lionel Messi, 12 (1:0). Luis Suares, 63 (2:0). Luis Suares, 74-pen (3:0). Luis Suares, 77-pen (4:0). Neymar, 86-pen (5:0). Luis Suares, 88 (6:0).
“Barselona”: Klaudio Bravo, Xordi Alba, Xerard Pike (Mark Bartra, 66), Xaver Maskerano, Serxi Roberto (Dani Alves, 46), Serxio Buskets, Ivan Rakitich (Arda Turan, 75), Andres Inesta, Luis Suares, Lionel Messi, Neymar.
Chetlatish: Ognen Vranyesh, 84 (S).

“Eybar” — “Deportivo”

24-aprel, yakshanba

“Levante” — “Atletik”
“Sevilya” — “Betis”
“Xetafe” — “Valensiya”
“Vilyarreal” — “Real Sosyedad”

25-aprel, dushanba
“Selta” — “Granada”

Яндекс.Метрика