У нас есть только
оригинальные песни

La Liga, 35-tur. “Real” irodali g‘alabaga erishib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

calendar 24.04.2016
741

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida Madridning “Real” klubi irodali g‘alabaga erishdi. “Rayo Valyekano” mehmoni bo‘lgan Zinedin Zidan shogirdlari ikkita gol farqi bilan ortda bora turib, yakunda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba “Real”ni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqdi. Bu holatda “Atletiko” hamda “Barselona” 1 tadan kam o‘yinda maydonga tushgan. “Real” esa bitta ko‘p o‘yini evaziga ochkolari sonini 81 taga yetkazib oldi.

O‘tgan turdagi jarohati sabab Krishtianu Ronaldu “Real”ga yordam bera olmadi. Garet Beyl esa dubd qayd etdi.

Ispaniya La Ligasi
35-tur bellashuvlari
22-aprel, juma

“Las-Palmas” — “Espanyol” 4:0

Gollar: Nabil El-Jar, 45+1 (1:0). Xonatan Viyera, 49 (2:0). Pedro Bigas, 56 (3:0). Mubarak Vakaso, 75 (4:0).

23-aprel, shanba

“Rayo Valyekano” — “Real Madrid” 2:3

Gollar: Adrian Embarba, 7 (1:0). Nikolas Fedor, 14 (2:0). Garet Beyl, 35 (2:1). Lukas Vaskes, 52 (2:2). Garet Beyl, 81 (2:3).
“Real Madrid”: Keylor Navas, Danilo, Marselo, Pepe, Rafael Varan, Toni Kroos, Isko, Mateo Kovachich (Xames Rodriges, 78), Garet Beyl, Karim Benzema (Lukas Vaskes, 42), Xese (Luka Modrich, 63).

“Atletiko” — “Malaga”
“Barselona” — “Sporting”
“Eybar” — “Deportivo”

24-aprel, yakshanba
“Levante” — “Atletik”
“Sevilya” — “Betis”
“Xetafe” — “Valensiya”
“Vilyarreal” — “Real Sosyedad”

25-aprel, dushanba
“Selta” — “Granada”

Яндекс.Метрика