У нас есть только
оригинальные песни

La Liga. “Barselona” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi, Messidan dubl (video)

calendar 19.08.2018
846

Kecha, 18-avgust sanasida Ispaniya La Ligasining 2018/19-yilgi mavsumining birinchi tur uchrashuvlariga start berildi.

Tur doirasida “Selta” hamda “Espanyol” jamoalari to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘lishgan bo‘lsa, “Vilyarreal” o‘z uyida “Real Sosyedad”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Barselona” esa “Alaves” jamoasini “Kamp Nou”da mehmon qildi. O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochdi, 83-daqiqada Filippe Koutinyo hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 90-daqiqada esa Messi dublga erishib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Bugun 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

La Liga

1-tur bellashuvlari

18-avgust, shanba

“Selta” — “Espanyol” 1:1

Gollar: 0:1 – 45 Ermoso, 1:1 – 52, avtogol David Lopes.

“Vilyarreal” — “Real Sosyedad” 1:2

Gollar: 1:0 – 16 Moreno, 1:1 – 40 Villian Joze, 1:2 – 71 Xuanmi.

“Barselona” — “Alaves” 3:0

Gollar: 1:0 – 64 Messi, 2:0 – 83 Koutinyo, 3:0 – 90 Messi.

Яндекс.Метрика