У нас есть только
оригинальные песни

Lada O‘zbekistondagi avtomobillari narxini oshirmasligi ma’lum qilindi

calendar 08.08.2018
1309

GM avtomobillari narxi bilan bog‘liq mavhumlikka qaramay, O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar, jumladan, Lada mashinalari narxini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmagan. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“Lada o‘z avtomobillari narxini oshirishni rejalashtirmagan. Faqat 31-avgustgacha amalda bo‘ladigan chegirmalar shartlari o‘zgarishi mumkin”, — deydi kompaniya vakillari.

Shuningdek, Lada sherigi Soft Leasing bilan hamkorlikda avtomobillarini xarid qilishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun lizing dasturini taqdim etmoqda. Bunda boshlang‘ich badal 30 dan 50 foizgacha, lizing muddati esa 13 oydan 36 oygacha iborat bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Lada mashinalari sotuvi hajmi joriy yil birinchi yarmida 2017-yilga nisbatan uch marotaba oshdi.

Яндекс.Метрика