У нас есть только
оригинальные песни

"Lada" transformerga aylanyapti

calendar 08.12.2017
948

«Lada» transformerga aylanyapti Gennadiy Kocherga – mashhur rossiyalik kaskadyor – oddiy «Lada» markali avtomobildan g'aroyib transformer yaratdi. Uning «Optimus Gennadevich Praymov» deb ataluvchi robot-avtomati yurib ketayotib, sanoqli soniyalarda mashinadan robotga aylanadi, o'q otadi va multifilmlar va fantastik kino filmlaridagi boshqa transformerlar kabi ko'pgina tryuklarni bajaradi. Gennadiyga uning g'oyasini amalga oshirishda o'g'li Sergey yordam berdi. Noodatiy robot Oryol shahrida bo'lib o'tgan tryuklar shousida ko'rsatildi va tomoshabinlarda haqiqiy zavq-shavq uyg'otdi. Ana shu lahzalar tasvirga muhrlangan viderolik bugungi kunda butun internet tarmog'ini egallab olgan. Kaskadyor aytishicha, mashinadan transformer yaratish g'oyasining tug'ilishiga Singapurdan xarid qilingan oddiy o'yinchoq sabab bo'lgan. Shundan so'ng Gennadiy bu oxirgisi bo'lmaydi degan ishonch bilan ushbu noodatiy loyihani yaratishga kirishgan. Buni qarangki, haqiqatdan ham hozir unda yana ikkita shunga o'xshash ishni yaratish g'oyasi bor.

Яндекс.Метрика