loading...

 

Las-Vegas fuqarosi xonanda Jastin Biber uni do‘pposlaganini ma’lum qildi

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahri fuqarosi Rodni Kennon politsiyaga kanadalik xonanda Jastin Biber va uning soqchilari uni do‘pposlagani haqida ariza berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Xabarda qayd etilishicha, Kennon Ogayo shtati Klivlend shahri huquq-tartibot xodimlariga murojaat qilgan. Erkakning aytishicha, hodisa iyun oyida, Klivlenddagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘ldi. Xonanda shirakayf holda Kennon o‘tirgan stolga kelib, unga tegishli bo‘lgan ko‘zoynakni taqib oldi. Kennon qo‘shiqchini suratga ola boshladi, bu esa Biberga yoqmadi.

Shundan so‘ng yigitlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Janjal vaqtida xonanda Kennonning yuziga uch marta musht tushirdi. Keyinroq Biberning soqchilari ham qo‘shildi va Kennonga bir nechta zarba berdi. Hujjatlarda qayd etilishicha, janjal natijasida Kennon jiddiy jarohat olgan. Uning ko‘zoynagi qaytarib berilmadi, telefoni esa buzilgan.

Kennon nima uchun bo‘lib o‘tgan voqea haqida politsiya xodimlariga bir necha oy o‘tib ma’lum qilgani qayd etilmagan. Biberga ayblov qo‘yilgani borasida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Xonandaning rasmiy vakillari hodisa yuzasidan izoh bermagan.

Jastin Biber AQShda bir necha bor qonuniy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2014-yilning yanvar oyida xonandaning Kaliforniya shtatida joylashgan hovlisidagi qo‘shnilaridan biri uni uyiga tovuq tuxumi otganlikda va buning natijasida ming dollar zarar yetkazganlikda ayblagan. O‘sha oyning o‘zida Biber Mayami-Bich (Florida shtati)da mast holda avtomobil boshqargan va politsiya tomonidan qo‘lga olinayotgan vaqtda qarshilik ko‘rsatgan. Kanadalik xonanda AQSh va boshqa mamlakatlarda yana bir nechta ayblovlarga duchor bo‘lgan.

2014-yili Oq uy rasmiy saytida AQSh hukumatini Biberni mamlakatda yashash huquqidan mahrum qilib, AQShdan chiqarib yuborishga chaqirilgan petitsiya e’lon qilingandi. Hujjat 200 mingdan ziyod kishi tomonidan imzolandi, ammo AQSh ma’muriyati tomonidan bu holatga rasmiy izoh berilmadi.


Комментарии (0) | Добавить: 16.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

O'zbekistonda pulli avtomobil yo'llari qurilishi mumkin
Bo'lajak rafiqasini jinsiy qul sifatida sotmoqchi bo'lgan “kuyov” qo'lga olindi
Rossiyaliklarning qariyb yarmi Dmitriy Medvedevning iste’foga chiqishini qo‘llab-quvvatladi
Kamharakat hayot tarzining salomatlikka ta’siri
Xavfli mashqlar: sport sizga zarar keltirayotganini qanday bilish mumkin?
AQSh Yevropadan uchib keladigan yo‘lovchilarga samolyot bortiga noutbuk olib chiqishni taqiqlashni rejalashtirmoqda
Qoniqarsiz gaz ta`minoti: muammoning ildizi va aholining millionlab qarzlari
Xonanda Lolaning 19 yoshli singlisi Asal turmushga chiqmoqda
Bugun: Nyu-Yorkda birinchi marta avtomobil raqamlari joriy etilgan
Oq shimni nimalar bilan kiyish mumkin?
Google xaritadagi joylarni foydalanuvchi tiliga o'girishni boshladi
O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar milliy valyutadagi narxlashga o‘tadi
Xitoyda efir vaqtida teleboshlovchini chaqmoq urdi
Asabiylikni davolashning antiqa usuli
Uyg'ur qo'shiqchisi Gulsanam Mamazoitova bilan duet kuylash uchun Toshkentga keldi
Chet tillarini huzur-halovat bilan o‘rganing!
Hamma narsaga ulgurish va hech charchamaslik uchun nima qilish kerak?
Ishingizni almashtirish vaqti kelganini bildiruvchi ko‘rinmas belgilar
Putin: «Rossiyani yeb qo'ymasliklari uchun poylab o'tirishga majburman»
Tadbirkorlarning plastik kartalaridan istalgan xaridni amalga oshirishga ruxsat berildi
Terini barvaqt qarishdan himoya qilamiz
Tirnoqlarni mustahkamlaymiz
Bloomberg jahon mamlakatlaridagi benzin narxini e`lon qildi
O'zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotila boshlanadi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3700 so'm oshdi
Messi, rekord va mag'lub Ronaldu. Oxirgi yillardagi eng zo'r klasikodan fotoreportaj
Dori vositalarini to‘g‘ri miyaga yetkazuvchi nazal sprey ishlab chiqildi
Dangasalikni qanday yengish mumkin?
Xotirani yaxshilashning samarali usuli topildi
Havoni tabiiy yo'l bilan tozalovchi eng yaxshi 10 o'simlik