У нас есть только
оригинальные песни

Ledi Gaga o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi. Shu tariqa u shou bekor qilingani uchun uzr so‘radi

calendar 06.09.2017
947

Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga xastaligi tufayli, Monrealdagi shouni tark etishga majbur bo‘lgach, o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi, deb yozadi Afisha Daily.

Gaga o‘zi joylashgan mehmonxona yaqinida lager qurib olgan muxlislari uchun pitssa buyurtma qildi va dastxatlarini yubordi.

Minnatdorchilik sifatida yig‘ilgan muxlislar xonanda uchun uning derazasi tagida haqiqiy konsert uyushtirdi, shundan so‘ng Gaga balkonga chiqib, ular bilan salomlashdi.

 

Яндекс.Метрика