У нас есть только
оригинальные песни

Ledi Gaga Yevropa o‘yinlari ochilishida ishtirok etish uchun Bokuda yashirincha yashadi

calendar 14.06.2015
1858

Xonanda Ledi Gaga 12-iyun, juma kuni birinchi Yevropa o‘yinlari ochilishida chiqish qilishidan avval bir necha kun davomida maxfiy ravishda Bokudagi mehmonxonalardan birida istiqomat qildi. Bu haqda tadbirning britaniyalik muvofiqlashtiruvchisi Katerina Ugvu Associated Press’ga ma’lum qildi. Foto: Associated Press Foto: Associated Press "Ledi Gaganing shu yerda ekanligini sir saqlagan holda ishlash juda qiyin kechdi. U o‘zini juda muloyim tutib, tadbirda chiqish qilguncha bir necha kun davomida mehmonxonada qolishga ham rozi bo‘ldi”, – dedi tashkilotchi. Ochilish marosimida xonanda Jon Lennonning Imagine qo‘shig‘ini ijro etdi. Ledi Gaganing marosimdagi qatnashuvi kutilmagan hodisa bo‘ldi, chunki marosim dasturida uning ishtiroki qayd etilmagan edi. Avvalroq Bokudagi Yevropa o‘yinlari ochilish marosimi uchun kamida 100 million dollar sarflangani haqida xabar berilgan edi. Tadbirni tashkil etishga 28 mamlakatdan 300ga yaqin ijodiy jamoalar jalb etildi. Marosimda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, mamlakat birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax va Yevropa olimpiya qo‘mitalari prezidenti Patrik Xiki qatnashdi. 12-iyun kuni start olgan birinchi Yevropa o‘yinlari 28-iyunga qadar davom etadi.
Яндекс.Метрика