У нас есть только
оригинальные песни

Leonardo Di Kaprio Fransiya jurnalidan sakkiz ming yevro undirdi

calendar 11.08.2015
1801

Leonardo Di Kaprio Fransiyaning Oops jurnalidan yolg‘on ma’lumot chop etganligi uchun sakkiz ming yevro undirdi.
Jurnal o‘zining 13-maydagi soni muqovasida aktyor Leonardo va qo‘shiqchi Riannaning suratini chop etib, unda Rianna aktyordan farzand kutayotgani, biroq Di Kaprio bolani tan olmoqchi emasligi haqida xabar bergan edi. Jurnalni ko‘rgan aktyor nashrdan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 18 ming yevro talab qilgan. Jurnal sohibi Frederik Truskolaski sudning shunday qaror chiqarishiga tayyor bo‘lganligini ta’kidladi.
Яндекс.Метрика