У нас есть только
оригинальные песни

Leonardo Di Kaprio model Kelli Rorbaxga turmush qurishni taklif qildi

calendar 08.10.2015
2681


Gollivudning eng mashhur bo‘ydoq aktyori Leonardo Di Kaprio uylanishga qaror qildi.

Artist bor-yo‘g‘i to‘rt oydan beri uchrashayotgan model Kelli Rorbaxga nikohdan o‘tishni taklif qildi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, barchasi kutilmaganda sodir bo‘lgan. 40 yoshli Leonardo Di Kaprio romantik kechki ovqat chog‘ida kutilmaganda 25 yoshli modelga turmush qurishni taklif qildi.

"Kelli juda aqlli, Leonardo u bilan zerikmaydi. U aktyorning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qiziqishlariga befarq emas. Di Kaprio uning zakovatiga maftun bo‘ldi va bu uning uchun yangilikdir”, — deydi aktyorning do‘stlari.


Яндекс.Метрика