У нас есть только
оригинальные песни

Leonardo Di Kaprio Orol dengizi haqida yozdi

calendar 26.08.2015
1115

Tabiatni himoya qilish borasidagi faol ishtiroki bilan ham tanilgan Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio Orol dengizi muammosi haqida yozdi: uning Instagram’ dagi sahifasida dengizdan olingan surat va unga sharh paydo bo‘ldi.

"Tuyalar suvda ketayotganini tasavvur etish mumkin, aslida ular Orol dengizining qurigan tubini kesib o‘tayotgan bo‘ladi. Sug‘orish maqsadida obihayotning olinaverishi dengiz o‘lchamlarining kichrayishiga olib kelib, cho‘kkan kemalar bo‘laklarini namoyon qildi. Qachonlardir go‘zal ko‘rfaz bo‘lgan joyda kemalarning qoldiqlari zanglab yotibdi”, —deya izoh bergan aktyor.

Di Kaprio foydalangan surat National Geographic xodimi Gerd Lyudvig tomonidan olingan

Яндекс.Метрика