У нас есть только
оригинальные песни

“Lester” Premyer-ligadagi g‘alabasi uchun 190 mln yevro ishlab oladi

calendar 03.05.2016
922

“Lester” jamoasi 2015/16-yilgi mavsumning Angliya chempioni bo‘lganligi uchun 190 million yevro atrofidagi mablag‘ni ishlab oladi. Bu haqda Repucom nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.

Ushbu summa APL mukofot puli, YeChLda ishtirok etish uchun beriladigan pul hamda butun dunyo bo‘ylab muxlislarning klubga qiziqishidan kelib tushadigan foydani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, “Lester” homiylarlar bilan yanada foydali shartnomalar tuzishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati 36-tur so‘nggi o‘yinida “Chelsi” o‘z maydonida “Tottenhem” bilan jangovar durang (2:2) qayd etib, “Lester”ning turnir yakunlanishiga ikki tur qolganida chempion bo‘lishiga zamin yaratdi.

Qayd etish joiz, “Lester” 132 yillik tarixida ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Яндекс.Метрика