Myunxenning "Bavariya" klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski eng qisqa vaqt oralig'ida - ya'ni bir o'yinda uch, to'rt va beshta gol urgan o'yinchi sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda Germaniyadagi Bild nashri xabar tarqatdi.
Bunga Levandovskining Bundesliga 6-turidagi "Volfsburg" bilan kechgan o'yindagi penta-triki sabab bo'lgan.
Hujumchi
o'sha o'yinda tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdi va to'qqiz
daqiqa ichida "bo'rilar" darvozasiga beshta gol urgandi.